06:31 / 19.02.2020
3 106

“Shahr Xodro”ning yagona legioneri "Paxtakor"ga uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

“Shahr Xodro”ning yagona legioneri "Paxtakor"ga uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
“Paxtakor” kecha OCHL 2-turi doirasida o‘tkazilgan “Shahr Xodro”ga qarshi uchrashuvda muhim bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdi va guruhda peshqadamga aylanib oldi.
Shota Arveladze shu kuni tarkibdagi barcha legionerlarga imkon bergan bo‘lsa, raqib jamoa murabbiyi esa yagona xorijlik futbolchi Miroslav Slavovni maydonga tushirmadi. Bahsdan so‘ng ukrainalik forvard qisqa fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

- Nima deyishga ham hayronman? G‘alaba qozonish uchun kelgandik. Ikki xil taym o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz yomon chiqmadi. Hattoki, qator vaziyatlarni yuzaga keltirdik. To‘p darvozaga kirishni istamadi. Omad bizga kulmadi hisob. Raqib darvozaboni ham jamoasini goldan qutqardi. Ikkinchi bo‘limda juda yomon o‘ynadik. Nima bo‘lgan taqdirda ham g‘alaba qozonishimiz kerak edi. To‘p kirita olmayotganimizga hujumchi sifatida qanday qarayman? Biror narsa deya olmayman. Bu savolga murabbiy javob bergani to‘g‘riroq bo‘ladi. Ko‘rdingiz, golli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Keyingi o‘yinlarda guruhdagi vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Shahr Xodro”ning yagona legioneri "Paxtakor"ga uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?