20:36 / 20.02.2020
3 356

"Mash’al" klubi ikki nafar legioner futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi

"Mash’al" klubi ikki nafar legioner futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi
Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida Nigeriya va ukrainalik futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Nigeriyalik yarim himoyachi Ifeani Ifeani 1995 yil 15 avgustda Nigeriyaning Lagos shahrida tavallud topgan. Ifeani Nigeriya terma jamoasida va Nigeriyaning “Akva Yunayted” klubida hamda Jazoirning “Setif” klublarida to‘p tepgan. Mazkur futbolchi bilan “Mash’al” jamoasi 2 yillik bitimni imzoladi.

Shuningdek Ukraina fuqarosi bo‘lgan himoyachi Denis Vasilev ham endilikda “Mash’al” jamoasi vakiliga aylandi. Denis 1987 yil Ukrainaning Baxmach shahrida tavallud topgan. Denis Ukrainaning "Knyaja", RVUFK (Kiyev), SSKA (Kiyev), "Obolon", "Krivbass", "Neftyanik-Ukrneft", "Gelios", "Chernomores" (Odessa), Bolgariyaning "Vereya" klublari cafida to‘p tepgan. 32 yoshli futbolchi “gazchilar" bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Endilikda ushbu legionerlar “Mash’al” klubi sharafini himoya qilishadi.

Manba: “Mash’al” matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Mash’al" klubi ikki nafar legioner futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi