19:15 / 21.02.2020
3 594

UYEFA Chempionlar Ligasi Kubogi Toshkentga keladi

UYEFA Chempionlar Ligasi Kubogi Toshkentga keladi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi va Pepsi Uzbekistan Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba UYEFA Chempionlar ligasi kubogining O‘zbekiston poytaxtiga olib kelinishini e’lon qiladi. Futbol olamidagi asosiy mukofotlardan biri bo‘lgan kubok poytaxtimizning «Anhor Lokomotiv» bog‘ida joylashgan «Axelon» karting klubida 22-23 fevral kunlari namoyish etiladi.

Kubok namoyishi qilinishi futbol muxlislarining sevimli va uzoq kutilgan tadbirlaridan biridir. Bu galgi «Kubok va muxlislar uchrashuvi»ning o‘ziga xosligi shundaki, ushbu mukofot bunga qadar faqat Yevropa mamlakatlariga keltirilar va ommaga namoyish qilinar edi. Endi o‘zbek futboli muxlislari ham bu imkoniyatga ega bo‘lishdi.

Bu haqiqiy futbol ishqibozlari, Toshkent aholisi va shahar mehmonlari uchun UYEFA Chempionlar Ligasi kubogini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishning ajoyib imkoniyatidir. Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Pepsi Uzbekistan jamoasi say harakatlari tufayli muxlislar kubok bilan suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

UYEFA Chempionlar Ligasi kubogi — bu balandligi 74 sm va og‘irligi 7,5 kg bo‘lgan, ichi oltin qoplamali kumush amforadir. 1955 yildan beri eng zo‘r futbol jamolariga topshirib kelinayotgan kubokning orqa tomoniga turli mavsumlarda g‘olib bo‘lgan klublarning nomlari o‘yib yozilgan.

Kubokning hozirgi egasi Angliyaning «Liverpul» klubidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA Chempionlar Ligasi Kubogi Toshkentga keladi