09:27 / 22.02.2020
2 837

Mahmud Muradov "Spartak"ning qaysi futbolchisi bilan do‘st?

Mahmud Muradov "Spartak"ning qaysi futbolchisi bilan do‘st?
"Spartak" ning chexiyalik yarim himoyachisi Aleks Kral UFC ning o‘zbekistonlik jangchisi Mahmud Muradov bilan do‘stligi haqida gapirdi.

"Slaviya bilan Yevropa ligasida o‘ynaganimizda, Mahmud stadionga keldi va uchrashuvdan so‘ng, menga dalda bo‘lish uchun "Siz yaxshi o‘yin ko‘rsatdingiz. Barakalla, - deb yozdi. Men unga javob berdim. Shu tarzda do‘stona munosabatimiz boshlandi. Bir necha yil oldin men ham Chexiyada uning janglarini kuzatgandim.

Aytgancha, Mahmud bir necha bor birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishga chaqirdi. Albatta, men oktagonga chiqish haqida gapirmayapman. Shunchaki, sport zalida ishlash, yugurish va hokazolar... Ehtimol, keyingi safar uyga borganimda, bu taklifni qabul qilarman
", - dedi Kral RT bilan intervyuda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Muradov "Spartak"ning qaysi futbolchisi bilan do‘st?