21:32 / 25.02.2020
2 386

Ilhom Mo‘minjonovga ham kafil topilib, uning diskvalifikatsiyasi qisqartirildi

Ilhom Mo‘minjonovga ham kafil topilib, uning diskvalifikatsiyasi qisqartirildi
2019 yilning 1 aprelida O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan “Navbahor” futbol klubining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov 4 yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi.
2020 yilning 3 yanvarida “Surxon” futbol klubi Etika qo‘mitasiga Ilhom Mo‘minjonov ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaatda “Surxon” futbol klubi kafil sifatida Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikatsiyasi bo‘yicha qarorni qayta ko‘rib chiqib, uning murabbiylik faoliyati tiklanishi so‘ralgan.

Mazkur murojaat O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. Qolaversa, Ilhom Mo‘minjonov chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, shuningdek, uni diskvalifikatsiya qilishda asosan bir tomonlama dalillarga asoslanganini bildirdi. Bundan tashqari Ilhom Mo‘minjonov Etika qo‘mitasiga vaziyatni yanada yaxshiroq o‘rganish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar va o‘zi faoliyat yuritgan futbol klublari xodimlarining u haqidagi tavsifnomalarini taqdim etdi.

Etika qo‘mitasi tomonidan “Surxon” futbol klubini Mo‘minjonovning bundan keyingi faoliyatiga kafolat berayotganligi, “Navbahor” klubining xodimlari va futbolchilari tomonidan unga nisbatan ijobiy tavsif berilganligi, o‘tgan bir yil davomida murabbiyning mazkur holat yuzasidan zarur xulosalar chiqarganligi va pushaymon bo‘lganligi inobatga olinib, Ilhom Mo‘minjonovga nisbatan qo‘llanilgan 4 (to‘rt) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirish intizomiy jazo chorasi qisqartirildi. Endilikda O‘FA Etika qo‘mitasi qaroriga ko‘ra Ilhom Mo‘minjonov diskvalifikatsiyasi 2020 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan bir qatorda, mazkur murabbiy tomonidan kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda qat’iy chora ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Mo‘minjonovga ham kafil topilib, uning diskvalifikatsiyasi qisqartirildi