21:50 / 25.02.2020
3 060

"Napoli" - "Barselona" o‘yini oldidan Davron Fayziyev: Shu rasmga mazza qildim

"Napoli" - "Barselona" o‘yini oldidan Davron Fayziyev: Shu rasmga mazza qildim
Bugun YECHL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Napoli" - "Barselona" uchrashuvi o‘tkaziladi.
Bellashuv oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev ushbu o‘yinga oid internetda o‘zini ta’sirlantirgan quyidagi rasm borasida telegramdagi sahifasida fikrlarini yozib qoldirdi.

- Leo Messi birinchi bor Neapolga borib, San Paulo stadionida o‘yinga tushadi. "Napoli"da Argentina futbolining boshqa afsonasi Diyego Maradona o‘zining eng yulduzli davrlarini o‘tkazgan.

Maradonani neapolliklar o‘z hamshaharlari Jordano Bruno, Enriko Karuzodan ham ko‘proq ardoqlashardi. Qani endi ko‘ramiz "Napoli" muxlislari Messini qandoq qarshi olishadi. Ular uchun sevimli Diyegoning izdoshi va hamyurti sifatidami yoki futbol tarixidagi eng zo‘r argentinalik degan nom uchun kurashda Maradonaning raqobatchisi sifatidami?

Bu anons emas... Shunchaki rasmga mazza qildim
, - dedi Davron Fayziyev.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Napoli" - "Barselona" o‘yini oldidan Davron Fayziyev: Shu rasmga mazza qildim