12:21 / 26.02.2020
2 689

Andrey Shipilov: Chempionlik uchun kurashda "Paxtakor"ga kimlar raqobat ko‘rsatadi?

Andrey Shipilov: Chempionlik uchun kurashda "Paxtakor"ga kimlar raqobat ko‘rsatadi?
Ertaga rasman futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start beriladi. Joriy yilda ham yana “Paxtakor”ning yaqqol favorit ekanligi ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘tgan yili uchta sovrinni qo‘lga kiritgan “Sherlar”ning bu yil ham o‘zi qatnashadigan musobaqalarda g‘olib chiqishini taxmin qilayotganlar ko‘p.

Qiziq, bu yil chempionatimizda “Paxtakor”ga raqobat ko‘rsata oladigan klublarimiz bormi? Yangi mavsum arafasida “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov bilan o‘zaro suhbatimiz jarayonida u mazkur savolga javob berar ekan shunday dedi:

- Men mavsumning qiziqarli kechishini kutyapman. Chempionlik uchun kurashda favoritlar qatorida “Paxtakor”dan tashqari “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” hamda AGMK jamoalarini ko‘rsatgan bo‘lardim, - dedi Andrey Sergeyevich.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: Chempionlik uchun kurashda "Paxtakor"ga kimlar raqobat ko‘rsatadi?