Davlat ulushi bor O‘zbekistondagi oltita futbol klubi sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda gosport sayti xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan qisqartirish, davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotish orqali xususiy sektor rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida chiqarilayotgan qaror loyihasida O‘zbekistondagi oltita futbol klublari nomi ham sanab o‘tilgan.
Qarorga ko‘ra, Termizning «Surxon» va «Buxoro» klublari 100 foiz aksiyasi sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, Sirdaryoning «Guliston» klubi 30 foiz, «Paxtakor» klubining Toshkent shahar hokimligiga tegishli 20 foiz, «Dinamo» klubining Samarqand hokimligiga tegishli 7,1 foiz va «Neftchi» klubining Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tegishli 3 foiz aksiyalari ham sotuv uchun qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi