20:13 / 28.02.2020
2 752

"Nasaf" 31 yoshli serbiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi

"Nasaf" 31 yoshli serbiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi
Qarshining "Nasaf" klubi Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" bilan bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi jamoa serbiyalik yarim himoyachi Marko Stanoyevichni PFLdan ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda PFL Bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi o‘z sahifasida ma’lum qildi. 31 yoshli futbolchi 2019 yilgi mavsumda Qozog‘istonning "Irtish" klubi sharafini himoya qilgan edi.

Marko Stanoyevich
Tug‘ilgan yili:
22.06.1988
Fuqaroligi: Serbiya
Bo‘yi: 1,80 m
Ampluasi: markaziy yarim himoyachi

O‘ynagan jamoalari:
"Sopot" (Serbiya) (2006-2008)
"Laktasi" (Serbiya) (2008-2009)
"Rad" (Serbiya) (2009-2012)
"Sherif" (Moldova) (2012-2014)
"Simurg‘" (Ozarbayjon) (2014-2015)
"Al Fateh" (Saudiya Arabistoni) (2015)
"Rad" (Serbiya) (2016-2017)
“Shaxtyor” (Qozog‘iston) (2017-2018)
“Astana” (Qozog‘iston) (2018)
“Levadoakos” (Gretsiya) (2018-2019)
“Irtish” (Qozog‘iston) (2019)

Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" 1-turni 1 mart kuni Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" 31 yoshli serbiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi