14:30 / 01.03.2020
2 299

"Mash’al"ga turkmanistonlik hujumchi qo‘shilishi kutilmoqda

"Mash’al"ga turkmanistonlik hujumchi qo‘shilishi kutilmoqda
Superliga debyutanti Muborakning “Mash’al” klubi dastlabki turda o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini 3:0 hisobida tor-mor keltirganidan yaxshi xabardorsiz.

Ma’lumki, chempionatimizda transfer oynasi 7 martga qadar davom etadi. Shu bois klublarimiz ushbu muddatgacha tarkibga yana yangi o‘yinchilarni qo‘shib olish imkoniyatiga egalar.

Shu kunlarda esa “Mash’al” safiga yana bir yangi futbolchi qo‘shilishi kutilmoqda. Aniqrog‘i muborakliklar hujum chizig‘idagi raqobatni mustahkamlash maqsadida turkmanistonlik hujumchi Didar Durdiyevni taklif qilmoqda. 1993 yilda tug‘ilgan ushbu futbolchi Turkmaniston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Yaqinda esa u Namanganning “Navbahor” jamoasining yig‘inlarida ham ishtirok etgandi. Shu kungacha Durdiyev “Ashxabod”, “Oltin Asr”, “Xazina” hamda “Axal” kabi jamoalarda to‘p surgan. Agar tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishsa, Durdiyev “Mash’al” sharafini himoya qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Mash’al"ga turkmanistonlik hujumchi qo‘shilishi kutilmoqda