19:00 / 01.03.2020
2 147

Filip Rayevas "Qo‘qon-1912" tarkibiga qo‘shiladi

Filip Rayevas "Qo‘qon-1912" tarkibiga qo‘shiladi
Coca Cola Superligasining 1-turini o‘z maydonida "Buxoro" jamoasiga qarshi o‘tkazib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan "shunqorlar" tarkibni yana bir tajribali hujumchi bilan to‘ldirishga yaqin.
Bir paytlar o‘zining chiroyli o‘yinlari va gollari bilan muxlislarni xursand qilgan serbiyalik hujumchi Filip Rayevas yana Qo‘qonga qaytadigan bo‘ldi. Rayevas 4 mart kuni jamoa tarkibiga yetib kelishi va shartnoma imzolashi kutilmoqda. Rayevas 2017 yilgi futbol mavsumini ham "Qo‘qon-1912" jamoasida o‘tkazgan edi. Superligada transfer oynasi 7 martga qadar davom etadi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish kerak, Filipp o‘tgan mavsumning birinchi qismini "Lokomotiv"da o‘tkazgan va Superligada 9 o‘yinda bitta ham gol ura olmagandi. Keyinchalik u Serbiyaning "Indjiya" klubida faoliyatini davom ettirdi.

Manba: "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Filip Rayevas "Qo‘qon-1912" tarkibiga qo‘shiladi