20:01 / 01.03.2020
2 551

Ro‘ziqul Berdiyev: Mavsum boshida natijalar har xil bo‘lishi mumkin

Ro‘ziqul Berdiyev: Mavsum boshida natijalar har xil bo‘lishi mumkin
“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
Bugungi g‘alabaning sababchisi xotirjamlik deyishim mumkin. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng ham xotirjamlikni saqlagan holda yigitlar g‘alabaga ishonch bilan harakat qilishdi va bu bugungi g‘alabaning asosi bo‘ldi.

Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Faqat bugun ayrim sabablarga ko‘ra yetakchi futbolchilardan foydalana olmadik. Albatta, mavsumni g‘alaba bilan boshlash yoqimli holat va barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun uzoq yo‘l bosib kelib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Mavsum endi boshlandi va natijalar har xil bo‘lishi mumkin. To‘pni nazorat qilish, qarshi hujumlar ustida ish olib borishimiz kerak ekanligi ko‘rinib qoldi
”, - dedi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Mavsum boshida natijalar har xil bo‘lishi mumkin