06:00 / 05.03.2020
2 496

Aleksandr Povetkinning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Aleksandr Povetkinning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Yandex Photos
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin (35-2-1, 24 KO) superog‘ir vaznda WBC vaqtinchalik chempioni Dillian Uaytga (27-1, 18 KO) qarshi jang qiladi.

Mazkur to‘qnashuv 2020 yilning 2 may kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. Bokschilar ishtirokidagi matbuot anjumani esa 4 mart sanasiga belgilangan. Bu haqda Povetkin hamkorlik qiladigan «Mir Boksa» promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabrida Povetkin Maykl Hanter bilan jang qilgan va bellashuv durang bilan yakun topgandi.

Ma’lumot uchun, Povetkin havaskor boks bo‘yicha ikki karra Yevropa chempioni, shuningdek, Jahon chempionati va Olimpiada oltin medallari sohibi hisoblanadi. Professional boksda esa 35 jang o‘tkazib, ularning 24 tasini nokaut bilan yakunlagan.
WBC reytingi yetakchisi Uayt esa prof boksda 27 ta jangda qatnashgan va faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni Entoni Joshuadan qabul qilib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Povetkinning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi