16:55 / 05.03.2020
3 206

Chechenistonda "Axmat" va "Zenit" muxlislari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi (video)

Chechenistonda "Axmat" va "Zenit" muxlislari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi (video)
Kecha Checheniston poytaxti Grozniyda futbol bo‘yicha Rossiya kubogining chorak final o‘yinida Sankt-Peterburgning “Zenit” va Grozniyning “Axmat” klublarining muxlislari o‘rtasida ommaviy mushtlashuvi tufayli o‘yin ma’lum bir vaqtga to‘xtatildi, deb RTga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

Mehmonlar tribunasidagi “Zenit”fanatlaridan bir necha kishi futbolkalarini yechgani “Axmat” muxlislariga yoqmadi.
Mezbonlar orasida ayollar ham bo‘lganligi sababli, chechen ahli bu ishni mahalliy urf-odatlarga hurmatsizlik deb qabul qilishdi va yuzlab mahalliy muxlislar o‘yinni unutib qarama-qarshi tribunalarda o‘tirgan mehmonlar tomon yugurishdi.

Hakam o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Politsiya, xavfsizlik xizmat xodimlari hamda klubning ba’zi o‘yinchilari muxlislarni tinchlantirishga urinishdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng futbol davom etdi va yakuniy natija 1:2 hisobida “Zenit” foydasiga hal bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chechenistonda "Axmat" va "Zenit" muxlislari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi (video)