16:43 / 06.03.2020
3 376

AS nashri Shomurodovni "o‘zbek tanki" deb atadi

AS nashri Shomurodovni "o‘zbek tanki" deb atadi
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov haqidagi so‘nggi yangiliklar nafaqat rus va o‘zbek OAV, balki ispan nashrlarida ham faol muhokama qilinmoqda.
Bir necha kun oldin Shomurodovning agenti German Tkachenko terma jamoamiz hujumchisiga "Selta" qiziqish bildirgani haqida gapirgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ispan klubi Eldorni qo‘lga kiritish qiyinligi tufayli "Lokomotiv" forvardi Fyodor Smolovni sotib olgan. Ispaniyaning AS nashri aynan shu ma’lumot haqida o‘z saytida xabar qoldirib, Eldor Shomurodovni "o‘zbek tanki" deb atadi.

Tarjima: "Selta" sport direktori Felipe Minyambres "Rostov"da o‘ynayotgan va ayni damda Rossiya chempionati to‘purarlar poygasida yetakchilik qilayotgan "o‘zbek tanki" - Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritishni istagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AS nashri Shomurodovni "o‘zbek tanki" deb atadi