23:17 / 06.03.2020
2 131

Andrey Shipilov: "Vaziyatlar yaratishda "Qo‘qon-1912" bizdan ko‘ra ustunroq bo‘ldi"

Andrey Shipilov: "Vaziyatlar yaratishda "Qo‘qon-1912" bizdan ko‘ra ustunroq bo‘ldi"
Superliga 2-turida "Qo‘qon-1912" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Qo‘qon-1912" birinchi turda chiroyli g‘alabaga erishdi. Shuningdek, bizning jamoa ham Olmaliqda muhim natijani qayd etdi. Ikki jamoa ham ushbu bahsga yuqori kayfiyat bilan yetib keldi. O‘yin uchun barchasi ajoyib edi: ajoyib ob-havo, ajoyib stadion, ajoyib muxlislar...

Birinchi bo‘limda biz ko‘zlangan barcha vazifalarni bajarib oldik. Ikkinchi bo‘limda "Qo‘qon-1912" o‘yinni to‘liqligicha nazorat qildi. Balki raqib bugun mag‘lubiyatga, biz esa g‘alabaga loyiq emasdik. "Qo‘qon-1912" ham yuqori saviyada o‘yin ko‘rsata oldi. Chempionatda shunday paytlar keladiki, mana shunday o‘yinlarni ko‘rsatish kerak bo‘lib qoladi.

Yigitlarga e’tirozim yo‘q. Ikki jamoa vakillari ham bugun uchrashuv yakuniga qadar faol bo‘lishdi, kurashishdi. Biroq ikkinchi bo‘limda biz o‘zimizning o‘ylagan futbolimizni ko‘rsata olmadik. Chunki natijadan kelib chiqib o‘ynay boshladik. 1:0 vaqtida bizda hisobdagi farqni ko‘paytirish uchun qulay vaziyatga ega bo‘lgandik. Umuman olganda, "Qo‘qon-1912" vaziyat, autlar, standartlar yaratishda bizdan ildamroq bo‘lishdi.

- Aytganingizdek, ikkinchi bo‘limda "Qo‘qon-1912" o‘yinni nazorat qildi. O‘shanda o‘yinni o‘zgartirishni istamadingizmi?
- Buni istadim. O‘yinning borishi biroz boshqacharoq ketdi. O‘zgarishlarni kechiktirishga to‘g‘ri keldi. Shaxzod o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. O‘ng qanotga Toshpo‘latovni tushirishni niyat qilmagandim. Rejamda faqatgina chap qanotni kuchaytirish bor edi.

- O‘yindagi tartib, sariq va qizil kartochkalar haqida nima deya olasiz?
- To‘g‘ri, qizil to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmadi. Ikkinchi berilgan sariqda raqib unchalik qattiq jarohat olmagandi. Ko‘rganingizdek, jarohat olgani sababli Abbos Otaxonovni almashtirishga majbur bo‘ldik. Ikki jamoaning birinchi turdagi o‘yinini ko‘rsak, jamoada tartib birinchi o‘rinda bo‘lganini, raqiblarga ko‘pollik ishlatilmaganini guvoxi bo‘lamiz. O‘yinda kichik follar, kichik elementlar juda ko‘p bo‘ladi. Balki "Qo‘qon-1912" bizning o‘rnimizda bo‘lganida boshqacharoq yo‘lni tanlagan bo‘lardi. Futbolchilarimga esa hech qachon maydonda yotib olib, simulyatsiya ishlatishini so‘ramaganman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: "Vaziyatlar yaratishda "Qo‘qon-1912" bizdan ko‘ra ustunroq bo‘ldi"