21:42 / 07.03.2020
2 398

Dilyaver Vaniyev: "Bunyodkor" bilan tengma-teng o‘ynadik"

Dilyaver Vaniyev: "Bunyodkor" bilan tengma-teng o‘ynadik"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Mash’al» (1:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Dilyaver Vaniyev ishtirok etdi.

- Barcha o‘yinni ko‘rdi, qo‘rqmay ayta olaman, bugun «Bunyodkor» bilan tengma-teng o‘ynadik. To‘g‘ri, birinchi bo‘limning ayrim daqiqalarida himoyalandik, lekin tanaffusdan so‘ng hujumkorlikni oshirdik. Bugungi bahsda bemalol raqibdan ochko tortib olish mumkinligini tushundik. Uzoq paslar orqali raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratdik. Ammo gol ura olmadik. Qisqasi, bugun munosib o‘yin ko‘rsatdik. Biroq «Bunyodkor» g‘alaba qozondi, ularni tabriklayman!

Ochig‘i, bugun birinchi bo‘limni ikkinchi jamoa sifatida o‘tkazishni rejalashtirgandik. Tanaffusda yigitlarga endi hujumkorlikni oshirish lozimligini ta’kidladim. Bugun standart vaziyatlarda ham faol bo‘la oldik. Bu bo‘yicha ham yigitlarga alohida ko‘rsatma bergandim. Ammo standartlardan ham foydalanishda oqsadik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dilyaver Vaniyev: "Bunyodkor" bilan tengma-teng o‘ynadik"