23:10 / 07.03.2020
3 498

Bahrom Haydarov: "Surxon"ga Ilhom Mo‘minjonov sabab keldim"

Bahrom Haydarov: "Surxon"ga Ilhom Mo‘minjonov sabab keldim"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Ikkala jamoa ilk turda mag‘lub bo‘lgandi. Shu bois bugun jamoalar faqat g‘alaba uchun borini berib o‘ynadi. Futbolchilar biz bergan ko‘rsatmalarni bajarishdi. To‘g‘ri xatolar bo‘ldi, ularni ko‘rib chiqamiz. Lekin yigitlar borini berib, katta mehnat qilib haqli g‘alabaga erishdik. Raqibga bosim o‘tkazmasangiz g‘alaba qozona olmaysiz. Himoyada ham, hujumda ham bosim qilish kerak. Tezkor goldan keyin yigitlar xotirjamlikka berildik va gol o‘tkazib yubordik", - dedi Bahrom Haydarov.

- "Surxon"ga rasman bosh murabbiy etib tayinlandingiz. Biroq aslida jamoani boshqa inson boshqaryotgani haqida mish-mishlar yuradi. Bunga oydinlik kirita olasizmi?
- Bu savolni kutgandim. Sababi 3 kun oldin "Surxon"ga bosh murabbiy etib tayinlandim va muxlislar orasida ham shunday gap-so‘zlarni eshitdim. Jamoa ichida bu borada suhbat bo‘ldi. Yigitlarga bu yerga bosh murabbiy sifatida kelganimni va barcha mashg‘ulotlarni o‘zim olib boraman, raqiblarga qarshi taktikalarni men tanlayman deb tushuntirdim.

- "Surxon"ga aynan kimning taklifi bilan keldingiz?
- Ilhom Mo‘minjonov diskvalifikatsiya tufayli ayni paytda hech qaysi jamoada ishlay olmaydi. Aynan u meni rahbariyatga taklif qilgan. "Surxon" klubi rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdik va kelishuvga erishdik. Mendan tashqari yana 2-3 nafar murabbiy nomzod bo‘lgan ekan. Ishonch bildirishgani uchun, shu fursatdan foydalanib "Surxon" klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Qayerda ishlagan bo‘lsam ham faqat oldinga intilib kelganman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahrom Haydarov: "Surxon"ga Ilhom Mo‘minjonov sabab keldim"