09:23 / 08.03.2020
2 922

Mirazizbek Mirzaxalilovning chorak finaldagi raqibi yengilmas professional bokschi bo‘ladi

Mirazizbek Mirzaxalilovning chorak finaldagi raqibi yengilmas professional bokschi bo‘ladi
Mirazizbek Mirzaxalilov Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning chorak finalida Gonkong vakili So Sing Yu ga qarshi ringga chiqadi. E’tiborlisi, u professional bokschi bo‘lib (hozir faoliyatda emas) So Rex nomi bilan tanilgan va professional ringda 22 jang o‘tkazib barchasida g‘alabaga erishgan. Shulardan 13 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Ko‘plab 2-darajali kamarlarni qo‘lga kiritgan.

Biroq, So Sing Yu so‘nggi professional jangini 2017 yilda o‘tkazgan. 2019 yilda havaskor boksda 2 ta jang o‘tkazib, ikkalasida ham mag‘lub bo‘lgan. Shulardan birida nokautga ham uchragan.

Eslatib o‘tamiz: Hamyurtimiz ilk jangida hindistonlik raqibini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirazizbek Mirzaxalilovning chorak finaldagi raqibi yengilmas professional bokschi bo‘ladi