15:26 / 08.03.2020
2 430

Bobousmon Baturov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oldi

Bobousmon Baturov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oldi
Foto: MOQ matbuot xizmati
Iordaniya poytaxtida davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnir davom etmoqda. Biroz avval hamyurtimiz Bobousmon Baturov (-69 kg) chorak final jangini yakunladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Xitoylik Kiong Yersunga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz uch raund davom etgan bellashuvda ustunligini namoyish qildi va bahsni o‘z foydasiga hal qildi. Eng asosiysi, ushbu g‘alaba Baturovga Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim qildi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra -69 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 5 ta kvota o‘ynalmoqda. Demak, yarim final final yo‘llanmasi jizzaxlik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.

Shu tariqa delegatsiyamizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 15 taga yetdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga ko‘tariladigan yana 4 nafar bokschimizga ham mana shunday g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolamiz» - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida yurtimiz sha’ni uchun kurashishda ikkita asosiy nomzod – Bobousmon Baturov va Shahram G‘iyosov edi. Yopiq eshiklar ostida o‘tgan o‘zaro jangdan keyin murabbiylar shtabi Baturovni saralash turniriga olib borishdi va u o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobousmon Baturov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oldi