23:31 / 08.03.2020
2 680

Fanat Qahramonov imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Fanat Qahramonov imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Iordaniyadagi boks bo‘yicha litsenzion turnirda Fanat Qahramonov (-75 kg) ham ringga ko‘tarildi. U mubolag‘a bo‘lmasa, turnirning mazkur vazn toifasidagi eng kuchlisi qozog‘istonlik Abilxan Amankul bilan chorak finalda to‘qnash keldi.

Bu vaznda Tokio Olimpiadasi uchun 5 ta yo‘llanma o‘ynaladi. Mazkur jangda g‘alaba qozongan bokschi yarim finalga yo‘l olish barobarida Tokio Olimpidasiga litsenziyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritsa, mag‘lub bo‘lgani 5-yo‘llanma uchun o‘tish bosqichida ishtirok etardi.

Jangning birini raundi himoyaviy tarzda yaqin masofadan olib borildi. Har ikkisida ham bir qator aniq zarbalar yo‘llashdi. Biroq qozog‘istonlik bokschida bunday zarbalar nisbatan ko‘proq bo‘ldi.

Ikkinchi va uchinchi raundda ham ajoyib jang bo‘ldi. Yakunda, afsuski yurtdoshimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yarim final ostonasida to‘xtadi. Lekin unda imkoniyat bor. Chunki 5-yo‘llanma uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fanat Qahramonov imkoniyatni boy berib qo‘ydi