18:05 / 10.03.2020
2 510

Shahobiddin Zoirov tailandlik raqibiga yutqazib qo‘ydi

Shahobiddin Zoirov tailandlik raqibiga yutqazib qo‘ydi
Iordaniyada boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun o‘tkazilayotgan litsenzion musobaqaning bugungi kun bellashuvlariga ham start berildi. Bugun o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan yarim final bellashuvlarini vakillarimiz orasida Shahobiddin Zoirov boshlab berdi.

-52 kilogramm vazn toifasida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan vakilimiz yarim finalda tailandlik Tutisan Panmot bilan bahs olib bordi. Afsuski, mazkur bahs tailandlik bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi va Zoirov musobaqaning bronza medali bilan taqdirlandi. Bugun kun davomida jang olib boradigan 5 nafar vakilimizga omad tilab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, Shahobiddin Zoirov kechagi jangida qo‘lga kiritgan g‘alabasidan so‘ng Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahobiddin Zoirov tailandlik raqibiga yutqazib qo‘ydi