15:22 / 11.03.2020
2 278

Chempionlar ligasi: «PSJ» — «Borussiya Dortmund»: o‘yin arafasida

Chempionlar ligasi: «PSJ» — «Borussiya Dortmund»: o‘yin arafasida
Bugun, 11 mart kechasi (bizning vaqt bilan 12 mart, tungi soat 01:00 da) «Park de Prens»da «PSJ» (Fransiya) — «Borussiya Dortmund» (Germaniya) UYEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi javob uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘z uyidagi birinchi uchrashuvda «Borussiya» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Chorak finalga chiqish uchun:

«PSJ» keyinga bosqichga chiqishi uchun raqibini 1:0 yoki ikkita gol farqi bilan yutishi shart. Hisob 2:1 holatiga kelib qolsa, qo‘shimcha vaqt belgilanadi.
«Borussiya»ni istalgan hisobdagi g‘alaba yoki durang, 0:1 va 1:2 dan tashqari istalgan bitta gol farqli mag‘lubiyat ham sorak finalga olib chiqadi.

Jamoalarning holati:

«PSJ» barcha turnirlardagi oxirgi uchta o‘yinda g‘alaba qozongan.
«Borussiya» barcha turnirlarda oxirgi besh o‘yinda raqiblarini yenggan.

O‘yinchilarning holati:

«PSJ»ga himoyachi Mene, yarimhimoyachilar — Verratti (diskvalifikatsiya) va Errera (jarohat) yordam bera olmaydi.
«Borussiya»da esa yarimhimoyachilar — Dileyni va Roys (jarohat) o‘yinga tushmaydi.

Taxminiy tarkiblar:

«PSJ»: Navas — Kerer, Tyago Silva, Kimpembe, Kyurzava — Di Mariya, Markinos, Guye, Neymar — Kavani, Mbappe.
«Borussiya»: Byurki — Zagadu, Xummels, Pishek — Hakimi, Jan, Vitsel, Gerreyru — Sancho, Holand, Brandt.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi: «PSJ» — «Borussiya Dortmund»: o‘yin arafasida