20:33 / 13.03.2020
3 211

"Nasaf"ni to‘xtatib bo‘lmayapti. "Ajdarlar" Termizda g‘alaba qozonishdi (video)

"Nasaf"ni to‘xtatib bo‘lmayapti. "Ajdarlar" Termizda g‘alaba qozonishdi (video)
Turning ilk uchrashuvida "Surxon" hamda "Nasaf" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 7-daqiqada qarshiliklarning serbiyalik legioneri Marko Stanoyevich hisobni ochdi. 54-daqiqada esa Vladimir Bubanya muvozanatni tikladi. 61-daqiqada esa Oybek Bozorov "ajdarlar"ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

77-daqiqada bellashuv bosh hakami Ahrol Risqullayev "Surxon" sardori Shavkat Salomovni maydondan chetlatdi. 89-daqiqada esa mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi, ammo Sharof Muhitdinov 11 metrli jarima zarbasini ko‘kka sovurdi.

"Surxon" – "Nasaf" 1:2
Gollar:
Marko Stanoyevich 7, - 0:1. Vladimir Bubanya 54, - 1:1. Oybek Bozorov 61, - 1:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Sharof Muhitdinov 89 (noaniq)

"Surxon": 45. Akbar To‘rayev, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 5. Vladimir Bubanya, 6. Rahmatullo Berdimurodov (27. Aziz Ibragimov, 84), 7. Husniddin G‘ofurov (77. Asror G‘ofurov, 68), 8. Sherzod Karimov (19. Nuriddin Hasanov, 78), 10. Shavkat Salomov (S), 11. Aleksandr Kasyan, 21. A’zamjon Aliyev, 32. Jahongir Mehmanov, 44. Darko Stanoyevich.
Zaxira: 1. Asilbek Amanov, 9. Dilshod Jabborov, 15. Muhammadali Nomozov, 17. Sardor Sulaymonov, 66. Behruz Shaydulov, 99. Sarvar Soliyev.

"Nasaf": 21. Mashhurjon Muhammadjonov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Dilshod Rahmatullayev (22. Akmal Mozgovoy, 68), 8. Dilshod Saitov, 9. Xaris Dilaver (34. Sherzod Nasrullayev, 72), 14. Sharof Muhitdinov, 20. Islom Kenjaboyev, 77. Oybek Bozorov (18. Javohir Esonqulov, 85), 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 13. Azamat Soyibov, 35. Abduvohid Nematov, 10. Bobir Abdixoliqov, 15. Jo‘rabek Mannonov, 50. Shoxmalik Komilov, 70. Abubakr-Rizo Turdaliyev.

Ogohlantirishlar: Marko Stanoyevich 44, Oybek Bozorov 73, Husniddin Aliqulov 77, Mashhurjon Muhammadjonov 90.
Chetlatish: Shavkat Salomov 77.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ni to‘xtatib bo‘lmayapti. "Ajdarlar" Termizda g‘alaba qozonishdi (video)