20:53 / 13.03.2020
2 456

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bekorga bizga har yili feyr-pley sovrinini berishmaydi..."

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bekorga bizga har yili feyr-pley sovrinini berishmaydi..."
Superliga 3-turdan o‘rin olgan “Surxon” va “Nasaf” bellashuvida mehmonlar uch ochkoni o‘ziniki qildi.
Keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsdan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildrib o‘tdi.

“Bugungi raqbimiz jiddiy va kuchli edi. Ular bugun o‘z maydonida harakat qildi. Tabiiyki, birinchi raqam ostida o‘ynashini kutgandik. Oxirgi o‘yinlarni ko‘rganimizda asosan uzun paslar va standart vaziyatlarda xavfli ko‘rinish olishdi. Biz buni bilgan holda maydonga chiqdik. Ularning kuchli tomonlarini sezgan holda diqqat va e’tiborni yo‘qotishmadi. Qarshi hujumlarda yaxshiroq harakat lozimligini tushuntirgandik. Ko‘plab vaziyatlar sodir etganimizga qaramasdan ikkitasini golga aylantirdik. Muhimi raqib maydonida g‘alaba qozondik.

Hakamlar bugun juda yaxshi ishlashdi, xatolar kam kuzatildi. Biz doim yigitlarni toza va halol o‘yinga tayyorlaymiz. Bizga bekorga har yili feyr-pley sovrinini berishmaydi. Futbolda ayyorliklar bo‘lib turadi. Ammo, g‘alaba uchun barcha narsani qilish kerak. Men o‘ylaymanki shogirdlarim yotib olib o‘yinni cho‘zgani yo‘q. Ular uch ochkoga munosib harakat qilishdi.

Umar Eshmurodov jamoamizga qaytishni istadi. “Paxtakor” rahbariyati bizga taklif bilan chiqishdi. U bizga kerakligi uchun safimizga qo‘shib oldik. Abduvohid Ne’matov jarohatdan so‘ng tiklanmoqda. Umumiy guruh bilan shug‘ullanmoqda. Keyingi o‘yinlarda unga ham imkoniyat beramiz. Mashhur Muhammadjonov qishki yig‘inlarimizdagi o‘rtoqlik o‘yinlarida asosiy darvozabonimiz bo‘ldi”, dedi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Bekorga bizga har yili feyr-pley sovrinini berishmaydi..."