21:34 / 13.03.2020
2 683

Olimpiya olovi Spartada to‘xtatildi

Olimpiya olovi Spartada to‘xtatildi
Foto: EPA/UPG
Koronavirus epidemiyasi tufayli Olimpiya olovi estafetasi to‘xtatildi. Ushbu qarorni Gretsiya Milliy olimpiya qo‘mitasi bugun, 13 mart kuni qabul qildi.

«Gretsiya Olimpiya qo‘mitasi, aholini koronavirusdan himoya qilish maqsadida, juma kuni Gretsiyada Olimpiya olovi estafetasini to‘xtatishga qaror qildi», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Gretsiyada Olimpiya olovi Qadimgi Olimpiyada kecha, 12 mart kuni yoqilib, birinchi kuni Kalamata shahrigacha olib borilgan, bugun Spartaga yetib kelgandi.

Olovning tantanali topshirilish marosimiga odamlar ko‘p kelayotgani mahalliy hukumatni tashvishga solib qo‘ygan.
Shundan so‘ng Gretsiya MOQ sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishuv asosida dasturning qolgan qismini bekor qilgan.

Olimpiya olovi Tokio-2020 Olimpiadasi tashkilotchisi — Yaponiyaga 19 mart kuni Afinadagi «Panatinaikos» stadionida jamoatchilik ishtirokisiz topshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiya olovi Spartada to‘xtatildi