19:32 / 14.03.2020
2 188

Dilyaver Vaniyev: "Alamli natija..."

Dilyaver Vaniyev: "Alamli natija..."
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bugun o‘z maydonimizda durang o‘ynadik, juda ham alamli natija. "Qizilqum" jamoasi biroz xayron qoldirdi. Qaysi ma’noda? Ular uch markaziy himoyachi bilan o‘ynashdi va asosiy e’tiborni himoyaga qaratishdi. Ularning standartdan urgan goli bizning rejani chalkashtirib yubordi.

Biz o‘yinda ustunlikka erishdik, vaziyatlar yaratdik. Hisob 1:1, nima ham qila olardik.
Ikkinchi taymda ko‘proq hujum qildik, to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘ldik. Yigitlarning jismoniy holati yaxshi holatda.

Didar Durdiyev nega zahiradan maydonga tushmoqda? Sababi Mo‘min Meliyev yomon o‘ynamayapti, shu bois turkmanistonlik futbolchini zahiradan maydonga tushirayapmiz. Ella Ken yomon o‘ynamadi, harakat qildi, ammo o‘zi almashtirishlarini so‘radi", - deydi Dilyaver Vaniyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dilyaver Vaniyev: "Alamli natija..."