19:41 / 14.03.2020
2 418

Baxtiyor Ashurmatov: “Baqoyev futbolchilik paytida ham shunday tirishqoq va oxiriga qadar kurashardi”

Baxtiyor Ashurmatov: “Baqoyev futbolchilik paytida ham shunday tirishqoq va oxiriga qadar kurashardi”
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
- "Bugungi o‘yin oxiriga qadar his-hayajonga to‘la bo‘ldi. Har ikki jamoa shiddatli o‘yin namoyish etishdi. Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoyev futbolchilik paytida ham shunday tirishqoq va oxiriga qadar kurashardi. O‘yindan oldin shogirdlarimga shuni bir necha bor ta’kidladim. Muhim bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdik. O‘yin uchun "So‘g‘diyona” futbolchilariga ham rahmat aytaman. Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari oxiriga qadar kurash olib borishdi.

Bugun ikkita bir-biriga munosib raqiblar maydonda harakat qilishdi. O‘ylaymanki bugungi o‘yin stadionga kelgan muxlislarga manzur bo‘ldi.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida hayajonlarga boy bo‘ldi. Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay raqiblarimiz oxirigacha kurashishdi.

Bu futbol – hakamlar ham inson va xatolardan xoli emas. Ularning ishlariga baho beradigan qo‘mita bor.
Rayevatsning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lgani uchun uni asosiy tarkibga qo‘ydim va u ishonchni oqlab g‘alabamizga munosib hissa qo‘shdi. Bamba borasida ham shunday fikr bildirishim mumkin. Umuman bugun butun jamoa yaxshi o‘ynadi.

Klub rahbarlariga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Ular bizga kerakli barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. Ularning yuzlari yorug‘ bo‘lishi uchun ham bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi. Bunday sharoitlar bilan jamoamiz o‘z oldiga bosqichma-bosqich yuqori maqsadlarni qo‘ysa bo‘ladi.

Muxlislarimiz ham doimo bizni qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. Buning uchun ularga ham minnatdorchilik izhor etaman
", - deydi Ashurmatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: “Baqoyev futbolchilik paytida ham shunday tirishqoq va oxiriga qadar kurashardi”