20:03 / 14.03.2020
2 334

UYEFA terma jamoamizning Yevropa jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazishida yordam bermoqchi

UYEFA terma jamoamizning Yevropa jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazishida yordam bermoqchi
Avval xabar berganimizdek kecha poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida “UYEFA assist” loyihasi vakili Yeva Paskue xonim bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan jurnalistlar Paskue xonimga “UYEFA assist” loyihasi rejasida O‘zbekiston va Yevropa terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etishda ko‘maklashish ham borligi haqida savol bilan murojaat qilishdi. U esa quyidagi javobni berdi:

“Ha, albatta. Loyiha o‘z nomi bilan ko‘mak berishni maqsad qilgan. Hozirda Yevropada UYEFA Millatlar ligasi turniri tashkil etilgan va unda ayrim guruhlarda 3 tadan terma jamoa joy olgan. Shu bois ushbu terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishimiz mumkin. Bundan tashqari biz O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari va ayollar terma jamoalarini UYEFA sha’feligida o‘tadigan musobaqalarga taklif qilamiz. U yerda jamoalaringiz o‘zlari uchun kerakli tajribalarni to‘plashlari mumkin”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA terma jamoamizning Yevropa jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazishida yordam bermoqchi