08:47 / 15.03.2020
2 742

Entoni Joshua: «Tayson Fyuri xohlasa, u bilan jang qilishga tayyorman»

Entoni Joshua: «Tayson Fyuri xohlasa, u bilan jang qilishga tayyorman»
Foto: BoxingScene
Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua WBC kamari egasi Tayson Fyuri bilan jang qilishga tayyorligini bildirdi.

«Agarda men Kubrat Pulevni, Tayson esa yana Uaylderni mag‘lub etadigan bo‘lsa, o‘rtamizdagi jang tashkil qilinishi mumkin. Fyuri ushbu jang bo‘lishini xohlasa, albatta, u tashkil etiladi. Uni Uaylder ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabriklayman. Fikrimcha, uning hozirgacha ikkita yaxshi jangi bo‘lgan: biri Klichkoga, biri esa Uaylderga qarshi. Hozir esa Tayson yuqori cho‘qqida», — deydi Joshua.

Ma’lumot uchun, Entoni Joshua 20 iyun kuni Londonda o‘zining chempionlik kamarlarini Kubrat Pulevga qarshi jangda himoya qilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Entoni Joshua: «Tayson Fyuri xohlasa, u bilan jang qilishga tayyorman»