16:40 / 15.03.2020
2 268

Ravshan Ermatov: Superliga o‘yinlari taqdiri bo‘yicha 16 mart kuni qaror qabul qilinadi

Ravshan Ermatov: Superliga o‘yinlari taqdiri bo‘yicha 16 mart kuni qaror qabul qilinadi
Koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari karantinga yopilishi, ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Bu haqda 15 mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Tribuna.uz muxbiri O‘zbekiston Superligasi, Pro-liga va boshqa futbol turnirlari qachondan to‘xtatilishi borasidaga savollar bilan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga murojaat etdi.

«Ushbu masala yuzasidan 16 mart kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yig‘ilish o‘tkazamiz. Bugun, 15 mart kuni Superliga doirasida Andijon va Toshkentda o‘tkaziladigan 3-turning yakuniy o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Chempionatning keyingi turlari masalasida dushanba kungi yig‘ilishimizda hukumatimiz tomonidan topshirilgan buyruqqa asosan bir qarorga kelinadi», - deya fikr bildirdi Ravshan Ermatov.

Ma’lmuot uchun, o‘tgan hafta davomida koronavirus sababli Yevropada aksariyat futbol turnirlari, milliy chempionatlar to‘xtatilgandi. O‘zbekistonda ham 15 mart kuni koronavirusning ilk holati aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov: Superliga o‘yinlari taqdiri bo‘yicha 16 mart kuni qaror qabul qilinadi