22:00 / 15.03.2020
2 517

Andrey Fyodorov yirik hisobdagi g‘alabadan keyingi fikrlarini bildirdi

Andrey Fyodorov yirik hisobdagi g‘alabadan keyingi fikrlarini bildirdi
O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Buxoro" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi va uchrashuvda toshkentliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

"Temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov bahsdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Avvalo, yigitlarni ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman. Men "Andijon"ga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvdan keyin ham aytgandimki, jamoa tarkibida yangi futbolchilar ko‘p. Shuning uchun biz murabbiylar ko‘rishni xohlagan hamjixatlilikni namoyish etish biroz qiyin bo‘lmoqda.

"Buxoro" bugun uzun uzatmalar bilan o‘ynagani bizga qiyinchilik tug‘dirdi. hujumdagi bo‘yi uzun futbolchi ham yaxshi o‘ynadi va bizga yetarlicha muammo yarata oldi. Asosiysi g‘alabani qo‘lga kiritdik va gol o‘tkazib yubormaganimizdan xursandman.

"Buxoro" yomon jamoa emas, yaxshi futbolchilar jamlangan. Agarda ularga vaqt berilsa, o‘zaro bir-birlarini tushunib harakat qilishsa, o‘ylaymanki ajoyib o‘yin namoyish eta olishadi," - dedi Fyodorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov yirik hisobdagi g‘alabadan keyingi fikrlarini bildirdi