08:08 / 16.03.2020
3 156

IBF yangilangan reytingni e’lon qildi yoxud undan uch nafar o‘zbek bokschisi o‘rin olgan

IBF yangilangan reytingni e’lon qildi yoxud undan uch nafar o‘zbek bokschisi o‘rin olgan
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
E’lon qilingan mazkur reytingda o‘zbekistonlik uch nafar bokschi kuchli 15 talikda qayd etilgan.

Unga ko‘ra, ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliyev chempion sifatida e’tirof etilgan. Yarim o‘rta vazndagi hamyurtimiz Qudrautllo Abduqahhorov esa hamon 1-o‘rinni hech kimga bermay kelmoqda. Qolaversa, Abduqahhorov WBC da 8 va WBO da 9-pog‘onadan o‘rin olgan.

Birinchi yarim o‘rta (-63,5 kg) vaznda o‘z janglarini o‘tkazadigan Shohjahon Ergashev avvalgi oydagi o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Ya’ni oltinchi pog‘onada qayd etilgan. Shuningdek Shohjahon WBA yo‘nalishida ham oltinchi, WBO da 12-o‘rinda bormoqda. Ushbu vazn toifasining yana bir vakili Shahram G‘iyosov esa kuchli 15 talikni tark etgan.
Reytingdan boshqa o‘zbekistonlik bokschilar o‘rin olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » IBF yangilangan reytingni e’lon qildi yoxud undan uch nafar o‘zbek bokschisi o‘rin olgan