18:20 / 16.03.2020
2 529

Terma jamoalar va klublarning o‘rtoqlik o‘yinlari hamda mashg‘ulotlari ham to‘xtatildi

Terma jamoalar va klublarning o‘rtoqlik o‘yinlari hamda mashg‘ulotlari ham to‘xtatildi
2020 yil 16 mart sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida rejalashtirilgan futbol bo‘yicha barcha musobaqalar vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ichki musobaqalar bilan bir qatorda turli yoshdagi terma jamoalarimizning rejalashtirilgan xalqaro o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlari hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari ham vaqtincha qoldirildi.

Ishonamizki, koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar yaxshi samara beradi va o‘zbekistonlik futbol muxlislari yaqin vaqt oralig‘ida yana katta futbol musobaqalarini kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoalar va klublarning o‘rtoqlik o‘yinlari hamda mashg‘ulotlari ham to‘xtatildi