02:08 / 18.03.2020
3 576

Ronaldu karantin o‘tayotgan Madeyrada zilzila yuz berdi

Ronaldu karantin o‘tayotgan Madeyrada zilzila yuz berdi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu karantin davrini o‘tayotgan Portugaliyaning Madeyra orolida zilzila kuzatildi.

The Sun xabariga ko‘ra, tabiat hodisasi 15 marta kuni ertalab kuzatilgan. Zilzila magnitudasi 3,8 ballni tashkil etgan. Orol aholisi tabiiy ofatdan jabr chekmagan bo‘lsada, ayrim yo‘llar tosh va tuproq bilan to‘lib qolgan.

Ikki hafta ilgari Madeyrada 5,2 balli zilzila kuzatilgandi. Bu kabi holat oroda 12 yil ichida umuman kuzatilmagandi.

Ronaldu o‘tgan haftadan beri Portugaliyada. U singlisining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun tug‘ilib o‘sgan yurtiga kelgan va o‘sha paytda jamoadoshi Danele Rugani koronavirusga chalinganligidan xabardor bo‘lgan. Natijada Krishtianu Italiyaga qaytishdan ko‘ra, o‘z yurtida qolishni afzal bildi.

Manba: Championat

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu karantin o‘tayotgan Madeyrada zilzila yuz berdi