06:50 / 22.03.2020
3 288

Lennoks Lyuisdan o‘ziga xos intervyu yoxud u qanday rekord sohibi sanaladi?

Lennoks Lyuisdan o‘ziga xos intervyu yoxud u qanday rekord sohibi sanaladi?
Super og‘ir vaznli (90,7 kgdan og‘ir) britaniyalik sobiq mutloq chempion Lennoks Lyuis YouTube Fight Disciples kanaliga intervyu berdi.
Suhbat chog‘ida, afsonaviy britaniyalik super og‘ir vazn divizionidagi chempionlik borasida fikr bildirdi. Hozirgi davr jangchilariga baho berib, birlashtirilgan WBA/WBO/IBF chempioni Entoni Joshua (23-1, 21 KO) bilan bo‘lgan bahsli voqeani sharhlab o‘tdi.

- Siz haliyam, super og‘ir vazn toifasi mutloq chempioni hisoblanasiz.
- Xuddi shunday.

- Bu g‘ururlansa arziydigan sabab. Shunday bo‘lsa-da, 20 yil mobaynida ushbu divizionda yana bitta mutloq chempion chiqmagani achinarli emasmi?
- Umuman olganda, yo‘q (kuladi). Bilaman, lekin baribir bu qachonlardir amalga oshadi. Mana 20 yil o‘tibdi, bu voqeaning ro‘yobga oshishi yana ham cho‘zilishi mumkin. Shunday ekan, mening rekordim yangilanishiga yana bir-ikki yil bor (kuladi).

- Siz, bu hodisa yaqin kunlarda sodir etilmaydi deb o‘ylaysizmi? Bunday janglar o‘tkazilishi uchun ko‘proq javobgarlikni bokschilar o‘z zimmasiga olishlari kerakmi?
- Ha, bokschilar va promouterlar. Hammasi sening hohishingga bog‘liq. Menga kelsak, mutloq chempionlik eng asosiy maqsadlarimdan biri edi. Mana nima uchun men, boks bilan xayrlashishimdan oldin o‘sha yigitlarning barchasi bilan jang qilib chiqdim. O‘z niyatimga yetishish, asosiy orzularimdan biri edi.

- Yaqin bir-ikki yil ichida super og‘ir vazn toifasida mutloq chempionni ko‘rishimizga ishonasizmi?
- Ha, biz shunga yaqinlashib kelayapmiz.

- Hozirgi davr super og‘ir vazn toifasi jangchilariga qanday baho berasiz?
- Juda kuchli bokschilar davri. Har xil uslubdagi charmqo‘lqop ustalari yig‘ilgan. Entoni Joshua, Tayson Fyuri, Deontey Uaylder, Afrika, Shvetsiya, Avstraliyadan sizlar eshitmagan ko‘pgina bokschilar mavjud. Ular ham o‘zlaridan yaxshi nom qoldirishlari mumkin.

- Daniel Dyubua haqida nimalar deya olasiz?
- Uning o‘ng qo‘l zarbasi juda kuchli. Yosh iqtidor egasi, o‘z ustida ko‘p mehnat qilib, mahoratini oshirib borishi zarur. Yaqin kelajakda uning yuqori natijalarga erishishiga ishonaman.

- U Jo Joys bilan jang qiladi.
- Joys ham iqtidorli bokschi.

- Entoni Joshuani eslab o‘tdingiz. Yaqin kunlarda u bilan orangizda kichik mojoroli voqea bo‘lgandi. Bu bir-biringizga nisbatan xurmatsizlikku?
- Juda ham xunuk voqea... Lekin, bilasizmi? Men bunday holatlarga e’tibor bermayman. Yoshim undan ko‘ra katta va men donoroq bo‘lishim kerak.

Ahmadbek Eshmatov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lennoks Lyuisdan o‘ziga xos intervyu yoxud u qanday rekord sohibi sanaladi?