21:31 / 24.03.2020
2 689

Tokio olimpiadasi keyingi yilga qoldirildi

Tokio olimpiadasi keyingi yilga qoldirildi
O‘yinlar boshlanishiga 122 kun qolayotgan edi. ©️ BBC Sport
2020 yil 24 iyuldan 9 avgustga qadar o‘tishi kerak bo‘lgan Tokio olimpiadasi keyingi yilga qoldirildi.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) matbuot kotibi bu borada shunday izoh berdi: “Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Yaponiya hukumati, Tokio 2020 Olimpiadasini tashkillashtiruvchi qo‘mita va XOQ ijroiya kengashining o‘zaro muhokamalaridan so‘ng o‘yinlarning keyinga qoldirilishi va bu borada o‘zaro aloqada bo‘lib turishini e’lon qildi”.

Dushanba kuni kechqurun AQSH Olimpiya qo‘mitasi “o‘yinlarning kechiktirilishi muqarrar” deb aytgan, Kanada va Norvegiya esa agar olimpiada o‘yinlari keyinga qoldirilmasa, o‘z sportchilarini Yaponiyaga yubormasligini ma’lum qilgan edi.

Natijada Tokio olimpiadasi tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatda o‘yinlarni bir yilga kechiktirishga qaror qildi.

Seshanba kuni muxbirlarga bu haqda intervyu bergan Yaponiya Bosh vaziri Sinzo Abe “Men XOQ prezidenti Tomas Baxga olimpiadani bir yilga qoldirishni taklif qildim. U bunga to‘liq roziligini bildirdi. O‘yinlarning qoldirilishi sportchilarning musobaqada eng yaxshi holatda qatnashishi, tomoshabinlarning esa xavfsizligini ta’minlaydi”, dedi.

Bir yillik kechiktirish Paralimpiya o‘yinlarini ham o‘z ichiga oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio olimpiadasi keyingi yilga qoldirildi