11:53 / 26.03.2020
2 526

Xolandning otasi o‘g‘lining MYUga o‘tmagani haqida: "Seni faqat murabbiy emas, butun klub kutayotgan joyga o‘tishing kerak"

Xolandning otasi o‘g‘lining MYUga o‘tmagani haqida: "Seni faqat murabbiy emas, butun klub kutayotgan joyga o‘tishing kerak"
"Borussiya" (Dordmund) hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Ing Xoland o‘g‘li nima uchun qishda "Manchester Yunayted"ga o‘tmagani haqida gapirdi.
"Uning boshqa klublarda qay tarzda o‘zini ko‘rsatishi noma’lum. Balki u yerda ham yaxshi bo‘lar. Biz bu savolga hech qachon javob topa olmaymiz.

Faqatgina murabbiy [Sulsher] emas, butun klub kutayotgan joyga o‘tishing kerak. Bu asosiysi deb o‘ylayman. So‘nggi 5-10 yil ichida klub qanday natijalarga erishgani va qaysi yo‘ldan borayotgani muhimdir
", - deydi katta Xoland.

Eslatib o‘tamiz, Xoland "Borussiya"ga o‘tgandan so‘ng rasmiy o‘yinlarda 11ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Umumiy olganda joriy mavsum barcha musobaqalarda va har ikki klubda 39ta o‘yin o‘tkazib, 53ta gol va 2ta assistga erishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xolandning otasi o‘g‘lining MYUga o‘tmagani haqida: "Seni faqat murabbiy emas, butun klub kutayotgan joyga o‘tishing kerak"