07:36 / 27.03.2020
3 333

BATEga ikkita gol urgan Jasurbek Yaxshiboyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

BATEga ikkita gol urgan Jasurbek Yaxshiboyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
Xabaringiz bor, "Energetik-BGU"ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Jasurbek Yaxshiboyev Belarus chempionati 1-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Men uchun juda yoqimli. BATE Yevropada barcha biladigan klub. Men ko‘p yillar davomida Chempionlar Ligasini ko‘raman va BATEning o‘yinlarini ham kuzatganman. Bu yuqori saviyadagi jamoa. Biz BATEga yutqazamiz deb o‘ylagandik. Sababi, raqib o‘yinchilarining darajasi biznikidan yuqori. Ammo, bizda g‘alaba qozonish ishtiyoqi ko‘proq edi. Balki, ularda buning aksi bo‘lgandir.

O‘ylaymanki, bu ikki gol menga ishonch bag‘ishlaydi, kurashuvchanlik ruhimni ko‘taradi va bundan ham ko‘proq gol urishim mumkin bo‘ladi. BATEga qarshi o‘yinimizni barcha ko‘rdi. Endi boshqa jamoalar ham bizga qarshi ko‘proq motivatsiyaga ega bo‘lishadi. Bu esa men va "Energetik-BGU" uchun oson bo‘lmaydi.

Men ushbu klubda, yaxshi o‘yinchilar bilan birga va yaxshi ligada o‘ynayotganimdan mamnunman. Birinchi turda hammasi ajoyib o‘tdi. Zo‘r atmosfera
", - deydi Yaxshiboyev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BATEga ikkita gol urgan Jasurbek Yaxshiboyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi