15:05 / 28.03.2020
2 683

“Andijon”ning sobiq legioneri Radosav Aleksich: “Xomyakov nima uchun iste’foga chiqarilganini o‘zi juda yaxshi biladi”

“Andijon”ning sobiq legioneri Radosav Aleksich: “Xomyakov nima uchun iste’foga chiqarilganini o‘zi juda yaxshi biladi”
Joriy yilda katta maqsadlarni oldiga qo‘ygan “Andijon” jamoasi qishki transferlar vaqtida xorijdan Artyom Litvyakov, Dimitro Zozulya va boshqa futbolchilarni taklif qildi.
Umuman olganda jamoada o‘tgan mavsum harakat qilgan legionerlar Vitaliy Mirniy, Radosav Aleksich kabi futbolchilarning o‘yinlari mahalliy ishqibozlarga manzur keldi. O‘z o‘rnida Aleksandr Xomyakov ham ular bilan o‘zaro yaxshi til topishib ketganini ta’kidlash joiz. Biz bu borada Aleksichning fikrlari bilan qiziqdik.

Men hammasidan ham muxlislarga yuqori baho bergan bo‘lardim. Mening uchun dunyodagi eng jonkuyar va mehribon ishqibozlar hisoblanadi. Ularni aslo unutmayman. Muvaffaqiyatsizliklar, salbiy jihatlar haqida fikr bildirmayman. Negaki, xotiramda faqat yorqin lahzalar qolgan. Jamoada moliyaviy tomondan muammo bo‘lganini yashirmayman.

Xomyakovni jamoadan ketgani haqida eshitdim. Sizga shuni aytishim mumkinki, u yuqori saviyadagi murabbiy. Lekin, nima uchun iste’foga chiqarilganini Xomyakovning o‘zi juda yaxshi biladi. Jamoada to‘p tepgan paytlarimda faqat pul bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keldi xolos.

Andijonlik futbol muxlislarini sog‘inib qolaman va bir umr qalbimda saqlayman. Sizlarni yaxshi ko‘raman. Koronavirus balosidan butun dunyo talafot ko‘rmoqda. O‘zbekiston bu kasallikni tezda yengadi deb umid qilaman. Jamoadoshlarimga sog‘lik tilayman
”, - deydi bolqonlik futbolchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Andijon”ning sobiq legioneri Radosav Aleksich: “Xomyakov nima uchun iste’foga chiqarilganini o‘zi juda yaxshi biladi”