07:18 / 29.03.2020
4 032

Noboa Shomurodov bilan bahsdan keyin nimalar dedi?

Noboa Shomurodov bilan bahsdan keyin nimalar dedi?
PES 2020 simulyatori bo‘yicha “Eng tez liga”ning ilk bahsida Eldor Shomurodov (“Rostov”) bilan during (1:1) o‘ynagan “Sochi” a’zosi Kristian Noboa o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
“PES 2015'ni do‘stlarim bilan o‘ynaganman, undan keyin esa umuman yo‘q. Turnir oldidan mashq qilmadim ham, pultni oldim, o‘yin o‘tkazdim va o‘chirib qo‘ydim.

G‘alaba qozonishim mumkin edi, lekin birinchi bahs uchun durang normal holat. Birinchi taym – Shomurodov hisobida, ikkinchisi esa men tomonda.
Nega Zabolotniy orqali ko‘p o‘ynadim? Hayotdagi mashg‘ulotlarda biz uzun uzatmalar ustida ko‘p ish olib boramiz. PES'ga ham shuni ko‘chirdim.

Asosiy raqib – mening o‘zim. Harakat qilmoqdaman, mashq qilaman. Umuman qanday o‘ynash kerakligini eslab olishim zarur. Qo‘ldan kelgan barcha ishni amalga oshiraman”, deydi Noboa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Noboa Shomurodov bilan bahsdan keyin nimalar dedi?