08:05 / 29.03.2020
3 200

Eldor Shomurodov: “Birinchi o‘yin uchun yomon natija emas”

Eldor Shomurodov: “Birinchi o‘yin uchun yomon natija emas”
PES 2020 simulyatori bo‘yicha “Eng tez liga”da ilk uchrashuvini o‘tkazgan “Rostov” forvardi Eldor Shomurodov o‘z fikrlarini bildirdi.
Shomurodov “Sochi” sharafini himoya qilayotgan Noboaga qarshi to‘qnash kelib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan (1:1) chiqardi.

“Umuman olganda bu kabi o‘yinlarni juda kam o‘ynayman, PES'ni esa so‘nggi bor 2013 yil do‘stlarim bilan o‘ynagandim.

Noboa juda yaxshi o‘ynadi, to‘pni ajoyib tarzda ushladi. Birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldim, lekin ilk bahs uchun yomon natija emas deb hisoblayman. O‘ylaymanki, kuzatuvchilarga ma’qul keldi”, deydi Shomurodov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: “Birinchi o‘yin uchun yomon natija emas”