08:24 / 30.03.2020
2 574

Eldor Shomurodov: O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lmoqchiman

Eldor Shomurodov: O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lmoqchiman
"Rostov" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.
"Jahon chempionatiga chiqish jamoa uchun, mamlakat uchun va shaxsan men uchun ham juda muhim. 34 mlnlik o‘zbek xalqi uzoq yillar davomida JCH haqida orzu qilishadi.

Men bu jarayonda o‘z rolimga ega bo‘lishni istayman. Chunki, JCH mamlakatimiz futbolining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Biz bir necha marta bunga yaqin keldik, ammo eng muhim lahzalarda muvaffaqiyatsizlikka uchradik.

Endi butun xalqimiz bizdan tarix yaratishni kutishmoqda. Umid qilamanki, bu safar biz amalga oshira olamiz va vatandoshlarimiz biz bilan faxrlanishadi.

Hujumchi uchun eng muhimi imkon qadar ko‘proq gol urish va shu orqali jamoaga yordam berib, muxlislarni xushnud etish. Men har bir o‘yinda gol kiritishni istayman. Terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishni orzu qilaman. Bu maqsadga erishish uchun esa barcha narsani amalga oshirishga tayyorman", - dedi Shomurodov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lmoqchiman