10:03 / 01.04.2020
2 302

Dastin Pore Habib o‘rniga Toni bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi

Dastin Pore Habib o‘rniga Toni bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi
Foto: Yandex Photos
Yengil vazn toifasi vakili Dastin Pore UFC 249 kechasida Habib Nurmagomedov o‘rniga Toni Fergyuson bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

«Tayyorgarlik uchun noqulay palla, biroq eng yaxshilar qatorida ekanimni isbotlash uchun istalgan imkoniyatga tirmashishga tayyorman.
Toniga qarshi jang qilishga tayyor ekanim borasida UFC rahbarlarini ogohlantirdim
», — deydi Pore.

Avvalroq Habib va Toni o‘rtasidagi 18 aprel kuniga mo‘ljallangan jang bekor qilinishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq UFC prezidenti Deyna Uayt ushbu jang o‘z vaqtida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 2019 yilning sentabr oyida Porega qarshi jang qilgan va uchinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llagan holda g‘alabaga erishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dastin Pore Habib o‘rniga Toni bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi