15:00 / 02.04.2020
2 441

Toni Fergyuson: Habib qo‘rqmoqda. U 2 marta qochib qoldi

Toni Fergyuson: Habib qo‘rqmoqda. U 2 marta qochib qoldi
Foto: Yandex Photos
UFC chempionlik kamariga da’vogar Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovning UFC 249 kechasidan o‘rin olgan jang bekor qilingani borasidagi gapiga munosabat bildirdi.

Jang 18 aprel kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangandi, biroq Habib Rossiyani tark etmasligini ma’lum qildi.
«Yigit jang qilishni istamayapti. U qo‘rqib qolgan, qochmoqda. Shu sabab uni sovrindan mahrum qilish kerak», — deya Fergyuson so‘zlarini keltirmoqda ESPN.

Shuningdek, Fergyuson Twitter orqali ham o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz uni qo‘rqitib qo‘ydik. Unda Abu-Dabi orqali AQSHga qaytish imkoniyat bor edi. Unda samolyotga o‘tirish va qaytish uchun barcha imkoniyat bor. U ikkinchi bor qochib qoldi.

Men yollanma qotilman. Habib va Konor laycha itdek oyog‘ini qo‘lga olib qochmoqda. Habib — yaramas. Unga boshidagi shlyapa bilan polni artishimni aytgandim, yigitcha qochib qoldi
», — deydi Fergyuson.

Habib va Toni o‘rtasidagi jang beshinchi marta bekor qilindi. Mazkur sportchilar o‘rtasidagi jang ilk bor 2015 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toni Fergyuson: Habib qo‘rqmoqda. U 2 marta qochib qoldi