13:13 / 04.04.2020
1 879

5 ta klub premer-ligada mavsumni yakunlash va natijalarni bekor qilishni taklif qildi

5 ta klub premer-ligada mavsumni yakunlash va natijalarni bekor qilishni taklif qildi
Kecha Rossiya premer-ligasining barcha 16 ta klubi rahbarlari ishtirokida onlay-konferensiya o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ayrim jamoalar joriy 2019/20 yilgi mavsumni muddatidan avval yakunlash va hozirgi natijalarni bekor qilish taklifi bilin chiqishdi. Bu taklifni "Sochi", "Rubin", "Axmat", "Ural" va "Krilya Sovetov" klublari qo‘llab-quvvatlashdi.

Ammo, RPL vakillari ushbu taklifni rad etishdi. Ular chempionat yakunlanishiga bor yo‘g‘i 8 ta tur qolganini va mamlakatdagi epidemiologik vaziyat barqarorlashishi bilan ushbu uchrashuvlar o‘tkazilishini ma’lum qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 5 ta klub premer-ligada mavsumni yakunlash va natijalarni bekor qilishni taklif qildi