22:34 / 04.04.2020
2 075

O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha onlayn turnir o‘tkaziladi

O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha onlayn turnir o‘tkaziladi
Shu yilning 16 aprelidan 18 apreliga qadar IT-Park va Adrenaline Rush O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida FIFA va Counter Strike:GO bo‘yicha onlayn turnir tashkil qilmoqda.

Turnir butun jahonga mashhur FASEIT platformasida Qozog‘iston Respublikasi serverlarida bo‘lib o‘tadi.
Turnirning birinchi kuni Counter Strike:GO bo‘yicha o‘yinlar chorak finalgacha davom etadi, ikkinchi kuni esa bo3 olimpiya tizimi bo‘yicha chorak finallardan boshlanadi. Uchinchi kun ishtirokchilarni ikkita Grand final va uchinchi o‘rin uchun ikkita match kutadi.

FIFA matchlari guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar tizimi ishtirokchilar soni bo‘yicha belgilanadi.
Bundan tashqari, IT-Parkning rasmiy YouTube kanalida matchlar translyatsiyasi ham tashkil qilib boriladi.

Sovrin fondi 60 000 000 so‘mdan iborat!
Sovrinli o‘rinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Counter Strike:GO
1. 25 mln. so‘m
2. 15 mln. so‘m
3. 10 mln. so‘m

FIFA
1. 5 mln. so‘m
2. 3 mln. so‘m
3. 2 mln. so‘m
Turnir g‘oliblari sovrinlarni jamoa sardori yoki o‘yinchisiga tegishli debet kartaga mablag‘ni o‘tkazish yo‘li bilan olishadi.

Turnirda respublikamizning qaysi burchagida yashashidan qat’i nazar, mutlaqo barcha qatnashishi mumkin. Muhimi, ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsa kifoya.
Turnirning markaziy matchlarini O‘zbekiston kibersport olamida yaxshi tanilgan ekspertlar: Danil «VATKA» va Sergey «Greed» sharhlab boradi.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi sanasi: 2020 yil 14 aprel
Turnirning boshlanish vaqti: 16 aprel, 14:00
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://esport.itcenter.uz/

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha onlayn turnir o‘tkaziladi