21:44 / 05.04.2020
2 158

Habibning murabbiyi: Uayt UFC 249 bo‘lib o‘tadigan joyni ma’lum qilsa, Fergyusonga qarshi jang bo‘ladi

Habibning murabbiyi: Uayt UFC 249 bo‘lib o‘tadigan joyni ma’lum qilsa, Fergyusonga qarshi jang bo‘ladi
Foto: The Sun
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes UFC 249 kechasidan o‘rin olgan Toni Fergyusonga qarshi jang o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.
Murabbiyning ta’kidlashicha, UFC prezidenti Deyna Uayt jang joyini rasman ma’lum qilsa, rossiyalik yakkakurashchi unda qatnashadi.

«Jang hali rasman bekor qilinmadi, shunday ekan umid qilamanki, Deyna Uayt yaqin orada UFC 249 musobaqasi bo‘lib o‘tadigan joy nomini ma’lum qiladi. O‘shanda biz avvalgi rejamizga qaytamiz va Toniga qarshi jang bo‘lib o‘tadi. Agar bunday bo‘lmasa, u holda to‘qnashuvni sentabrga ko‘chirishlarini kutib qolaman.

Habib muntazam shug‘ullanmoqda, biroq uning mashg‘ulotlari mukammallikdan yiroq. Karantin vaqtida mashg‘ulot jarayonini olib borish juda qiyin
», — deydi Mendes.

1 aprel kuni Nurmagomedov karantin sabab Rossiyani tark eta olmasligini ma’lum qilgan va Fergyusonga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 18 aprel kungi jang bekor bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habibning murabbiyi: Uayt UFC 249 bo‘lib o‘tadigan joyni ma’lum qilsa, Fergyusonga qarshi jang bo‘ladi