17:30 / 06.04.2020
642

Habib Nurmagomedov: «Mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Ammo jang qayerda bo‘lishini bilmayman»

Habib Nurmagomedov: «Mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Ammo jang qayerda bo‘lishini bilmayman»

Foto: Twitter
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov 18 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi jang qilish umidida ekanini ma’lum qildi.
«Jang 18 aprel kuni bo‘lishi mumkinmi? Men har kuni shug‘ullanyapman. Har kuni tongda va kechasi. Uyimda mashg‘ulot zali bor.

Hozirda UFC’ning eng yorqin yulduzlaridan biriman. Men yengilmasman, UFC’ning mutlaq chempioniman. Bu odatiy jang emas. To‘qnashuvgacha juda kam vaqt qoldi, men esa uning qayerda bo‘lishini bilmayman. Bu nimasi? Bu noprofessionallik», — deydi Nurmagomedov.

Avvalroq Habib Rossiyadagi karantin sabab mamlakatdan chiqib ketolmasligi va UFC 249 musobaqasida ishtirok etolmasligini ma’lum qilgandi. Undan so‘ng Umar Nurmagomedov va Islom Maxachevning mazkur kechadagi janglari ham bekor bo‘lgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)