00:11 / 09.04.2020
3 063

Messi uchun 2 ta xaridor chiqdi. Ularning biri tez orada muzokaralarni boshlaydi

Messi uchun 2 ta xaridor chiqdi. Ularning biri tez orada muzokaralarni boshlaydi
Milanning "Inter" klubi "Barselona" forvardi Lionel Messini sotib olmoqchi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "neradzurrilar" 32 yoshli argentinalik futbolchini kelasi mavsum sotib olishni rejalashtirmoqda. Tez orada milanliklar Messi bilan muzokaralarni boshlaydi.

Xabarlarga qaraganda, Messiga shuningdek Argentinaning "Nyuellz Old Boyz" klubidan ham takliflar bor. Aytish kerakki, Leo o‘zi tarbiya topgan ushbu jamoada faoliyatini yakunlash istagi borligi haqida juda ko‘p marobata aytib o‘tgan.
Lionel Messi “Barselona” safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi uchun 2 ta xaridor chiqdi. Ularning biri tez orada muzokaralarni boshlaydi